«Navoiyazot» AJ ikkita investisiya loyihasini amalga oshirish uchun xorijiy kreditlarni jalb etadi, deb yozadi Kun.uz nashri.
O‘zbekiston Prezidenti 2017 yilning 24 iyul kuni «Navoiyazot» AJda investisiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Prezident qaroriga ko‘ra, «Navoiyazot» AJ ammiak va karbamid ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha loyihani amalga oshirish uchun yapon banklari kreditini jalb etadi.
Bank of Tokyo Mitsubishi boshchiligidagi yapon banklari konsorsiumi Yaponiya eksport-kredit agentligining 21,74 mln. AQSh dollari miqdoridagi moliya mablag‘larini taqdim etadi. Kredit 7 yillik muddatga beriladi.
Commerzbank (Germaniya) va Crédit Suisse (Shveysariya) banklari konsorsiumi esa «Navoiyazot» AJda azot kislotasi ishlab chiqarishni tashkil etish» loyihasini amalga oshirish uchun 115,62 mln. AQSh dollari miqdorida kredit taqdim etadi. Ushbu kredit 11 yillik muddatga beriladi.
O‘zbekiston rahbari «Asaka» ATB va «O‘zsanoatqurilishbank» ATBga «Navoiyazot» AJga milliy valyutada qiymati 35,4 mln. AQSh dollarilik kredit liniyalari ochilishini ta’minlash vazifasini yukladi. U 10 yillik muddatga beriladi.
Prezident «Navoiyazot» AJga istisno tariqasida, qator investisiya loyihalarini amalga oshirish doirasida 2018 yilning 1 iyuliga qadar loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bilan birga, qurilish ishlarini olib borishga ham ruxsat berdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»