19:45 / 26.08.2017
6 026

Jinoyat natijasida yetkazilgan 1.9 milliard so‘m zarar qoplandi

Jinoyat natijasida yetkazilgan 1.9 milliard so‘m zarar qoplandi
Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan «Incanto Business» MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Jinoyat ishi hujjatlariga ko‘ra, jamiyat rahbari A.Axmatov 2016 yilda eksport qilingan 40 mlrd. so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va aholiga naqd pulga realizatsiya qilingan 2,8 mlrd. so‘mlik xo‘jalik mahsulotlari bo‘yicha tushumni yashirib, 2 mlrd. so‘m miqdordagi soliq to‘lovlarini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab, davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar keltirgan.

Tergov davomida olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida A.Axmatov tomonidan ixtiyoriy ravishda naqd pul shaklida 1,5 mlrd. so‘m pul mablag‘lari va qiymati 400 mln. so‘mlik avtotransport vositalari davlat foydasiga topshirilib, jinoyat oqibatida yetkazilgan zararning asosiy qismi qoplanganligi sababli, unga nisbatan garov ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Viloyat prokuraturasi organlari tomonidan aholi o‘rtasida iqtisodiy jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar, shu jumladan amaldagi qonun hujjatlarini tushuntirish bo‘yicha tegishli targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyul kungi «Mahalliy eksport qiluvchi korxonalarni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»dagi PQ-3157-sonli Qarori bilan eksport qiluvchi korxonalar tomonidan mahsulotlar eksportidan tushgan valyuta mablag‘larining majburiy sotilishi haqidagi talabning bekor qilinishi, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bilan birga iqtisodiy jinoyatlarning oldini olishga xizmat qilmoqda.

Mazkur qaror xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan valyuta mablag‘larini majburiy sotishdan bo‘yin tovlash zaruratini yo‘q qilib, iqtisodiyot sohasidagi yuqoridagi kabi jinoyatlar sodir etilishiga sabab bo‘lib kelgan qator shart-sharoitlarni bartaraf qildi.

Manba: uzbekistan24.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Jinoyat natijasida yetkazilgan 1.9 milliard so‘m zarar qoplandi