5 913
«Bu ro‘y berdi!». Tadbirkor va ziyolilar erkin konvertatsiyaga o‘tish boshlanishiga o‘z munosabatlarini bildirishmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 sentyabr kuni «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi galdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5177 sonli farmonni imzoladi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Tarixiy farmonning e’lon qilinishi bilan bir qator taniqli tadbirkorlar va ziyolilar ijtimoiy tarmoqlarda o‘zgarishlarga o‘z munosabatini bildirmoqda. Quyida ular bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
«Amalga oshdi! Barchani tarixiy qaror qabul qilingani bilan tabriklayman. Hukumatning iqtisodiy islohotlarga qo‘l urishini e’lon qilish, shunchaki deklaratsiya emas. Bu qaror mamlakat rahbarining bozor iqtisodiyoti qonunlariga asoslanib, yaxshi siyosat olib borishga intilishini bildiradi», deydi Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i rahbari Zafar Hoshimov.
«Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti so‘nggi davrda qabul qilgan eng asosiy qarorlardan biri va ko‘p muhokama etilgandi. Endilikda, asoslanmagan holda turli tarmoqlarda narxlarning oshib ketishiga qarshi kurashish lozim. Masalan, Inha universitetida ta’lim kontrakti bir o‘quv mavsumi uchun 5000 AQSh dollarini tashkil etadi. Bugun (3 sentyabr - tahrir.) Markaziy Bank rasman e’lon qilgan kurs 4210 so‘m bo‘lsa, bu 21 million so‘m to‘lanishi kerak, degani. Aloqa operatorlari va provayderlari bilan ham shunga o‘xshash platforma yaratiladi», deydi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sherzod Shermatov.
«2017 yil 5 sentyabr sanasidan O‘zbekistonning yangi tarixi boshlanadi», deydi Paynet tizimi va LeBaazar asoschi Botir Orifjonov.
«Va nihoyat, shu onlarga yetib keldik. Erkin konvertatsiyaning mavjud emasligi, so‘nggi yillarda iqtisodiyotimizning gurkirab rivojlanib ketishini sekinlashtirib qo‘ygan asosiy omil edi», deydi O‘zbek-Xitoy savdo uyi rahbari va TexnoPlaza asoschisi Hikmat Abdurahmonov.
«5 sentyabr sanasini Konvertatsiya kuni sifatida nishonlasak ham bo‘lar, deb o‘ylayman. Atrofdagi millatlar bizni tushunmasligi mumkin, lekin biz nimani nishonlayotganimizni bilamiz: bu voqeani 21 yil kutdik... Bu davrda farzandlar va nabiralar ulg‘aydi», deydi mustaqil mutaxassis, iqtisodchi Yuliy Yusupov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar