
Avval xabar berganimizdek, bugun, 14 sentyabr kuni, aniqrog‘i shu daqiqalarda O‘zEOAVMA zalida valyuta masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani davom etmoqda.
Unda Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Timur Aminjanovich Ishmetov, MB raisining o‘rinbosari Botir Zohidov ishtirok etmoqda.
Ayni paytda davom etayotgan matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari xodimlariga berilayotgan ayrim ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashmoqchimiz...
Xorijiy valyuta kursi bozor iqtisodiyoti tamoyiliga asosan talab va taklif asosida belgilanadi. Kursga ta’sir etuvchi tashqi va ichki omillar mavjud bo‘lib, uning boshlang‘ich kursi bozor talabi bo‘yicha 8100 qilib belgilandi.
Xorijiy valyuta muomalada qancha ko‘p bo‘lsa narx shuncha tushadi. Aksincha, muomalada yetishmovchilik, ya’ni ehtiyoj ortsa, narx ham oshadi. Bu — bozor qonuni!
Bir haftada o‘tkazilgan ayirboshlashda aholidan 200 million dollar qabul qilindi.
Yuridik tashkilotlar tomonidan 100 million dollar miqdorida valyuta banklarga sotilgani qayd etilgan. Bunday tashkilotlarga 100 million dollar miqdorida konvertatsiya amaliyoti bajarib berilgan. Ushbu mablag‘lar fuqarolarga sotilishi nazarda tutilgan.
Valyuta birjasida banklar o‘z mijozlariga valyuta sotadi. Xorijiy valyutaning sotish hajmi kamligi sabab — valyuta kursi birjada tushib bormoqda.
Aziz o‘quvchilar, valyuta siyosatiga oid masalalar bo‘yicha eng birinchilardan bo‘lib yangiliklardan boxabar bo‘ling!
Manba: qalampir.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar