5 781
Valyutani EKIHning 500 baravari va undan yuqori summaga sotishda pasport talab etiladi
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi (ro‘yxat raqami 2886-1, 2017 yil 5 sentyabr). Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Tuzatishlar bilan ular amalga oshirilganda banklar mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rishlari kerak bo‘ladigan bir martalik bank operatsiyalari miqdori oshirildi. Endi EKIHning 500 baravariga (ilgari – EKIHnig 100 baravari) teng yoki undan oshgan summa quyidagi hollarda lozim darajada tekshirish uchun asos bo‘ladi:
- jismoniy shaxslar tomonidan naqd chet el valyutasi sotilishida;
- jismoniy shaxslar tomonidan naqd chet el valyutasining maydalanishida, almashtirilishida va (yoki) boshqa chet el valyutasiga ayirboshlanishida (konversiya);
- jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasining inkassoga va (yoki) ekspertiza uchun qabul qilinishida.
Ma’lumot uchun: tijorat banklari tomonidan mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi shart:
- tegishli hujjatlar asosida mijozning va u qaysi shaxslar nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirishni;
- mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalashni;
- o‘rnatilgan ish munosabatlari yoki o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan operatsiyalarning maqsadi va xarakterini o‘rganish;
- mijoz tomonidan amalga oshiriladigan ish munosabatlari va operatsiyalarni ularning bunday mijoz va uning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda o‘rganish o‘tkazishni.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Ilon Mask Eron elchisi bilan yashirincha uchrashdi