O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 sentyabr kuni mamlakat hududiga olib kiriladigan aksizosti mahsulotlar uchun import bojxona bojlari va aksiz soliqlari stavkalarini qayta ko‘rib chiqilishini ko‘zda tutgan qarorni imzoladi. Yangi stavkalar 1 oktyabrdan kuchga kiradi.
Hujjatda qayd etilishicha, stavkalarni qayta ko‘rib chiqish aholining iste’mol talablarini qondirish va ichki bozorda narxlar oshishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek milliy ishlab chiqaruvchilarga zarur uskuna va butlovchilar, xom ashyo va materiallar importi bo‘yicha qulay sharoitlarni yaratishga qaratilgan.
Qaror bilan neft va neft mahsulotlari, yirik va mayda shoxli qoramollar, yirik va mayda shoxli qoramollar go‘shti, baliq mahsulotlari, sut, kartoshka, yormalar, un va boshqa tovarlar uchun import boji bekor qilindi.
Ko‘plab mahsulotlar uchun bojxona bojlari, qator tovarlar uchun aksiz soliqlari pasaytirildi.
Manba: Sof.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»