Amerikaning Google kompaniyasiga egalik qiluvchi Alphabet korporatsiyasi 3-moliyaviy chorakni ham muvaffaqiyatli yakunlab, 6,7 mlrd dollar miqdoridagi sof daromad ko‘rdi. 26 oktyabrda e’lon qilingan korporativ hisobotda shu haqda so‘z yuritilgan, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Shunday qilib kompaniya o‘tgan yilning uchinchi choragi bilan taqqoslaganda taxminan 1,6 mlrd dollar daromad ko‘rgan. Bitta aksiyadan ko‘rilgan foyda 9,57 dollarni tashkil etgan. Alphabet tushumi hisobot davrida bir yil avvalgi 22,4 mlrd dollardan 27,8 mlrd dollarga o‘sgan. Tahlilchilar bu ko‘rsatkich chorak yakuniga ko‘ra, 27,2 mlrd dollardan oshmasligini taxmin qilishga edi.
Biroq kompaniya aksiyasi Nyu Yorkdagi savdolar yopilishida atigi 3 foizga o‘sdi va 1,02 ming dollarni tashkil eti. Umuman joriy yil mobaynida Alphabet aksiyalari 25 foiz qimmatlashdi. Reuters agentligining yozishicha, korporatsiya chorak yakunlariga binoan reklamadan tushayotgan daromadlar sezilarli oshganini namoyish qildi va sarmoyadorlarning xavotirlarini pasaytirdi.
Google – Amerikaning transmilliy ochiq korporatsiyasi bo‘lib, internet qidiruv va reklama texnologiyalariga sarmoya kiritadi. Bundan tashqari onlayn xizmatlar va yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»