Amerika sanoat magnati va sport klublari egasi Filipp Anshuts Forbes jurnali 100 yilligiga bozordagi o‘zgarishlar haqidagi maqolasini taqdim etdi.
"Men butun umrim davomida juda qiziquvchan inson bo‘lganman va ko‘p narsalarga qiziqqanman. Muayyan jarayonlarning qanday qilib va nima uchun ro‘y berishi hamda buni qanday qilib o‘zgartirish mumkinligini ustida bosh qotirishni yaxshi ko‘raman. Aniqroq aytadigan bo‘lsam, biznesning rivojlanayotgan sohalarini izlayman va ularning asosiy tamoyillari o‘zgarishi natijasida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlarni oldindan aniqlashga harakat qilaman. Hamma narsaning o‘z vaqti borligini yaxshi tushunaman va energetika, temir yo‘l transporti hamda telekommunikatsiyalar kabi sohalarda doim shu qoidaga rioya qilaman.
Temir yo‘l va telefon bizneslarini qat’iy tartibga solish to‘xtatilgandan buyon ko‘p narsa o‘zgardi. Southern Pacific kompaniyasini boshqarganimda temir yo‘llar optik tolali kabellarni yotqizish uchun yaxshi magistral bo‘lishi mumkinligini tushunib yetdik. Shu bois Qwest kompaniyasiga asos soldik va zamonaviy Internetning dastlabki poydevorlarini qurdik. 1 milliard dollarlik kabel yotqizilib, hanuz mijozlar yo‘q bir paytlar biroz xavotirga tushdim, ammo ovozli qo‘ng‘iroqlarning daqiqali tariflaridan katta tezlik bilan gigabaytli ma’lumot almashishga o‘tdik.
Raqamli texnologiyalar rivojlangan sari foydalanuvchilarning sport va musiqa kabi eski ezgu ko‘ngilochar mashg‘ulotlarga qiziqishi oshadi deya taxmin qilgandim, shu bois 100 noyob maydon qurish va qo‘lga kiritishga kirishdik, masalan, Los-Anjelesdagi Staples Center sport majmuasi yoki Londondagi O2 arenasi. Bu maydonlarni to‘ldirish uchun musiqachilar, artistlar bilan shartnomalar tuzib, Kings, Lakers va Galaxy kabi sport jamoalarini xarid qila boshladik. Yaxshi ko‘chmas mulkni tanlash va uning infratuzilmasi haqida o‘ylash juda muhim edi, shunday bo‘lsa-da, asosiy e’tiborni u yerga nima uchun kelishlariga qaratdik.
Bugungi kunda katta o‘zgarishlar bo‘lishi kutilayotgan sektor - energetika. Bunday siljish qayta tiklanuvchi ekologik sof energiyaning tobora ommalashib borayotgani bilan izohlanadi. Bu o‘z vaqtida optik tolalar telefoniya rivojiga ko‘rsatgan ta’siri kabi, butun sanoat taraqqiyoti harakatlantiruvchisiga aylanadi. Hozirda shamol elektr stansiyasini qurdirayapman, u AQShdagi eng yirik shamol elektr stansiyasi bo‘lishi kutilmoqda. Albatta, barchasi biz xohlagandek silliq kechayotgani yo‘q, biroq bu doimiy ravishda qiziqish bildirish va har qanday tavakkalga tayyor turishga olib keladi". “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»