date

Yaponiya bosh vaziri Markaziy Osiyo davlatlari bilan 26 mlrd dollardan ko‘proq qiymatga bitimlar tuzdi

Yaponiya bosh vaziri Markaziy Osiyo davlatlari bilan 26 mlrd dollardan ko‘proq qiymatga bitimlar tuzdi

Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe va mamlakat tadbirkorlari 28 oktyabrda o‘z uylariga Markaziy Osiyo davlatlari bo‘ylab bir haftalik safardan 26 mlrd dollardan ko‘proq qiymatga tijorat bitimlari tuzgan holda qaytishdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Abe bosh vazir sifatida birinchi marta Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‘izistonga tashrif buyurdi.

Abe O‘zbekistonga tashrifi davomida umumiy qiymati 8,5 mlrd dollarni tashkil qiluvchi, energetika, transport va kommunikasiya sohalarida bir qator kelishuvlarni imzoladi.

Abe Turkmanistonga tashrifi davomida tabiiy gaz konlarini qazish bo‘yicha zavod va boshqa korxonalarni qurish bo‘yicha 18 mlrd dollarlik bitim tuzdi.

Yaponiya bosh vaziri Qirg‘izistonga 100 mln dollarlik va Tojikistonga sal kam miqdorda yordam ko‘rsatishga va’da berdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Yaponiya bosh vaziri Markaziy Osiyo davlatlari bilan 26 mlrd dollardan ko‘proq qiymatga bitimlar tuzdi