
Moliya vazirligining birdaniga 50 xodimi ishdan bo‘shatilgani to‘g‘risidagi xabarlarga aniqlik kiritildi. O‘zAning ma’lum qilishicha, ishdan bo‘shatilganlar 24 kishini tashkil etadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida Moliya vazirligi tizimidagi jiddiy kamchiliklar tanqididan keyin o‘sha kuni Moliya vazirligi markaziy apparatidan 2 nafar bosh boshqarma boshlig‘i, 2 nafar bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, 4 nafar boshqarma boshlig‘i, 1 nafar boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, 3 nafar bo‘lim boshlig‘i hamda 4 nafar xodim, jami 16 kishi egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bugungi kunga kelib bularning safiga 8 kishi qo‘shilgan va bu raqam 24 tani tashkil etadi.
Jumladan, G‘aznachilik boshlig‘i o‘rinbosari – Amaliyot boshqarmasi boshlig‘i F.Nurmuhamedov, Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi boshlig‘i Sh.Xaydarov, Sanoatning bazaviy tarmoqlari va yoqilg‘i-energetika majmui moliyasi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi A.Abdullayev, Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari M.Agzamov, Soliq va bojxona-tarifi siyosati boshqarmasining boshlig‘i I.Golisheva, Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi Tashkiliy-uslubiy ishlar bo‘limi boshlig‘i B.Jumayevlar egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi.
Shuningdek, manba yaqin vaqt ichida Prezidentimiz tanqid qilgan, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘layotgan Ostrogojskaya xonim haqidagi chin ma’lumotlarni taqdim etishi to‘g‘risida ma’lum qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar