6 211
Moliya vazirligida bo‘sh o‘rinlar to‘lmoqda. Qiziq, Ostrogojskayaning o‘rnini kim egallaydi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi faoliyatini tanqid qilganidan keyin, tizimdan 562 kishi ishdan bo‘shatilgandi.
Shu kunning o‘zida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Moliya vazirligidagi bo‘shab qolgan o‘rinlariga e’lon berib, yoshlarni ishga qabul qilish uchun hujjatlar qabul qilinayotganini xabarladi.
Yoshlar ittifoqining veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarda berilgan e’lonlar asosida moliya organlarida ishlash istagini bildirgan 3 ming 100 dan ziyod yigit-qiz orasidan 490 nafari saralanib, Moliya vazirligiga tavsiya etildi. Shuningdek, vazirlikning Yoshlar yetakchilari kengashiga ham sohada ishlashni maqsad qilgan 90 dan ortiq yoshning hujjatlari kelib tushgan.
Ayni kunlarda Moliya vazirligi tizimidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini zamonaviy ko‘nikmalar, innovatsion g‘oyalarga ega bo‘lgan, Vatanni sevadigan, xalqparvar kadrlar, fidoyi yosh mutaxassislar bilan to‘ldirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Qiziq, vazifasidan ozod etilgan 562 kishi o‘rnini kimlar egallarkin? Sobiq Moliya vaziri bilan til biriktirib, Prezidentni aldab kelgan Ella Ostrogojskayaning o‘rnini-chi?
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas