Dollarning rasmiy kursi 2700 so‘mdan oshdi

AQSh dollarining Markaziy bank o‘rnatgan kursi 10 noyabrdan 2706,59 bo‘ldi, deb yozmoqda Gazeta.uz sayti.
O‘zbekiston Markaziy banki 10 noyabrdan chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi kurslarini belgiladi.
AQSh dollari kursi 2700 so‘mdan oshdi va bu o‘tgan haftadagiga nisbatan 14,46 so‘m ko‘pdir, ya’ni 2692,13 so‘mdan 2706,59 so‘mgacha qimmatlashdi.
Joriy yil boshidan beri (2422,4 ) Amerika dollari milliy valyutaga nisbatan 284 so‘m yoki 11,7 foiz oshdi. Eslatib o‘tamiz, 2014 yil davomida so‘mning qadri dollarga nisbatan 9,9 foiz pasaygan edi.
Seshanbadan evro so‘mga nisbatan 7,54 so‘m, ya’ni 2965,59 arzonlashadi, ayni paytda Rossiya rubli bahosi 0,68 so‘m oshib, 42,5 so‘mga etadi.
Markaziy banki har haftada valyuta operasiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgilab boradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing