7 304
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi ayni paytda 26,6 milliard dollarga teng bo‘ldi
2017 yilda O‘zbekiston Respublikasining oltin-valyuta zaxirasi qanchaga yetgani haqida xabar berildi. Bu Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan pul-kredit va bank sohasi bo‘yicha 2017 yil yakunlari va 2018 yildagi vazifalar to‘g‘risidagi ma’lumot doirasida ma’lum qilindi.
Markaziy bankning axborotida ayni paytda O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi 26,6 milliard dollarga teng, deb baholandi. 2017 yilda mazkur zaxira 1,4 mlrd. dollarga oshgan.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning 28 dekabrida «O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi qancha qismi xorijiy valyuta, qanchasi esa oltin yoki qimmatli qog‘ozlar shaklida)?» degan savolimizga Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov tomonidan berilgan javobni e’lon qilgan edik. Javob xatida 2017—2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar doirasida pul-kredit tizimiga oid batafsil ma’lumotlar, shu jumladan, oltin-valyuta zaxiralari to‘g‘risidagi ma’lumot 2018 yilning yanvar oyidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (cbu.uz) hamda Davlat statistika qo‘mitasining (stat.uz) rasmiy saytlarida e’lon qilinishi ma’lum qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi