17:05 / 12.02.2018
4 754

Moliya vazirligidan haydalgan 562 kishining o‘rnini kimlar egallamoqda?

Moliya vazirligidan haydalgan 562 kishining o‘rnini kimlar egallamoqda?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 22 dekabrda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga taqdim etgan Murojaatnomasida Moliya vazirligidagi xodimlar faoliyatini tanqid qilib, vazirga kadrlar malasida katta islohotlar qilishini topshirgan edi. Shundan keyin tizimda 562 kishi egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Shundan so‘ng, lavozimini tark etganlarning o‘rniga malakali kadrlarni tayinlash uchun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda bo‘sh o‘rinlar uchun e’lon berildi.

Hozirgi kunga qadar Moliya vazirligi va uning hududiy organlariga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tavsiyasi bilan 1148 nafar yoshdan ishlash taklifi kelib tushgan, deb yozmoqda O‘zA.

Nomzodlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ular orasidan iqtidorli jami 289 nafari ishga qabul qilindi. Jumladan, 14 nafari markaziy apparatga, 154 nafari hududiy moliya idoralariga, 64 nafari g‘aznachilik va 42 nafari byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘linmalariga hamda 15 nafari davlat moliyaviy nazorati boshqarmalariga ishga qabul qilindi.

Ishga qabul qilingan yoshlar orasidan 19 nafari rahbar lavozimlariga tayinlandi (Nukus shahar, Asaka, O‘rta Chirchiq va Oqqo‘rg‘on tumanlari moliya bo‘lim mudirlari, Shayxontohur va Chilonzor tumanlari g‘aznachilik bo‘lim boshliqlari hamda 13 nafari hududiy boshqarmalar bo‘lim boshliqlari).

Shu bilan birga, hududiy Davlat moliyaviy nazorati boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini yosh kadrlar bilan to‘ldirish ko‘zda tutilgan.

Avval ma’lum qilganganidek, tavsiya etilgan nomzodlardan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan jami 397 ta yosh yigit va qizlar tizimda amaliyotga jalb qilingan edi. Bu yoshlar zaxiraga olib, kelgusida vakant ish o‘rinlariga joylashtirish rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Moliya vazirligidan haydalgan 562 kishining o‘rnini kimlar egallamoqda?