Buxoro tumanida viloyatda amalga oshiriladigan iqtisodiy loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Chorvachilik, parrandachilik, ipakchilik, echkichilik, asalchilik va boshqa tarmoqlarni rivojlantirish, paxta maydonlarini qisqartirish va meva-sabzavot yetishtirishni ko‘paytirish hisobiga eksport salohiyatini oshirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga qaratilgan rejalar haqida ma’lumot berildi.
Shavkat Mirziyoyev qorako‘lchilikni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratdi, deb yozadi «Jahon» axborot agentligi. Buxoro qorako‘lchilikning asl vatani ekani, mahalliy aholi ilgaridan bunday mahsulotlarni butun dunyoga sotib, katta daromad topganini qayd etdi. Bu sohada yo‘qolib borayotgan naslchilik va tajribani qayta tiklash, cho‘pon va tikuvchi hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladi. Qorako‘lchilik bo‘yicha institut va jamg‘arma, Buxoroda zavod tashkil etish yuzasidani topshiriqlar berdi.
Yana bir diqqatga sazovor loyiha – tut bargidan foydali choy ishlab chiqarishga doir. Mutaxassislarning fikricha, tut bargida kofein va tanin moddasi odatdagi choydan 200 barobar kam. Vitamin va minerallar esa, aksincha, ko‘proq.
Prezidentimiz bu loyihani ma’qullab, bunday choy aholi salomatligi uchun foydaliligi, import o‘rnini bosishi bilan alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Buxoroda o‘rmon xo‘jaligi yo‘nalishida ham katta imkoniyatlar mavjud. Yurtimizda o‘sadigan shifobaxsh ne’matlar ko‘plab sohalarda keng qo‘llaniladi. Xususan, sistanxe va isiriq o‘simligiga xorijiy farmatsevtika korxonalarida talab yuqori. Birgina sistanxening dorivor xususiyati jenshen o‘simligiga qaraganda besh barobar yuqoriligiga e’tibor qaratildi.
Shavkat Mirziyoyev bunday tabiiy imkoniyatlarni to‘la ishga solish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish, eksportni ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin