Facebook’ning kapitallashuvi u bilan bog‘liq mojaro sababli bir hafta ichida 58 mlrd dollarga kamayib ketdi. Kompaniyaning bir aksiyasi narxi AQSH fond birjasida 19 martdagi 177 dollar 1 sentdan birja dam olish kunlariga yopilgan 24 martdagi 159 dollar 39 sentgacha arzonlashib ketdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabariga asosan Kun nashri ma’lum qiladi.
Mutaxassislar kompaniya aksiyasi 152 dollargacha arzonlashishi mumkinligini aytishmoqda.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, reklama beruvchilar ham foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlarni ulardan yashirincha yig‘ishda fosh qilingan kompaniya bilan aloqa qilishni istashmayapti.
Kompaniya bilan bog‘liq mojaro Britaniyaning Cambridge Analitica kompaniyasi Facebook’ning 50 mln foydalanuvchisi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgani ma’lum bo‘lgandan keyin avj olgan. Aynan shu kompaniya siyosiy konsalting bilan shug‘ullangan va AQSH prezidenti Donald Trampning saylovoldi kampaniyasi bilan bog‘langan bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoq asoschisi Mark Sukerberg foydalanuvchilar haqida ma’lumotlar sizib chiqib ketishida Facebook’ning aybini tan olgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi