O‘zAning Davlat statistika qo‘mitasiga tayanib, xabar berishicha, O‘zbekistonda tashqi savdo aylanmasi 2018 yil yanvar-mart oylarida 7,9 milliard AQSh dollarini, shu jumladan, eksport 4,1 milliard AQSh dollarini va import 3,8 milliard AQSh dollarini tashkil qildi.
Tashqi savdo aylanmasi saldosi 249,4 million AQSh dollarini tashkil etdi. Eksport tarkibida energiya manbalari va neft mahsulotlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 91,4 foizga o‘sishi tabiiy gazning 2,3 martaga oshgani hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Mashina va asbob-uskunalar esa 35,4 foizga o‘sdi, shundan qozonlar, uskunalar va mexanik asboblar va ular qismlari 24,6 foizga, transformator va akkumulyatorlar 68,6 foizga, monitor va proektorlar 3,3 martaga oshdi.
Bug‘doy eksportining o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 21,6 foizga va meva-sabzavot mahsulotlarining 51,7 foizga o‘sishi oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmining 49,9 foizga o‘sishiga olib keldi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”