
Asaka tumanida tashkil etilgan “Sabo hamkor” mas’uliyati cheklangan jamiyatida banan bog‘i barpo etildi.
Ikki gektar maydonda barq ura boshlagan “Karlikoviy Kavendish” navli bu ko‘chatning boshqa turdoshlaridan farqli jihati shundaki, u shu yilning o‘zida meva bera boshlaydi. Shirinligi va quvvatlilik darajasining yuqoriligi bilan ajralib turadi.
— Ayni paytda issiqxonamizga 5000 tup ko‘chat ekildi, — deydi korxona rahbari Muhammadjon Dadajonov. — Ularning har biridan 40-50 kg.gacha hosil olish mumkinligini inobatga olsak, demak, 2 gektar maydondagi bog‘dan 300 tonna banan terib olsa bo‘ladi. Bir yilda 300-400 ming AQSh dollari miqdoridagi hosilga umidvormiz.
Indoneziya davlatida o‘suvchi bu o‘simlik tez ko‘payishi bilan ham ahamiyatlidir. U har yili beshtagacha ko‘payadi. Demak, kelgusi yili bog‘ hajmi 5 barobarga ortib, ko‘chatlar soni 25 mingtaga yetishi mumkin. Bu esa viloyatning har bir tumanida mana shunday bog‘larni tashkil etish imkonini beradi. Loyihadagi ishlar rejaga binoan amalga oshsa ikki-uch yilning o‘zida Andijon viloyatining banan mevasiga bo‘lgan ehtiyoji qondirilib, import o‘rniga eksport faoliyatini yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘ladi.
Manba: Xalq so‘zi “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar