“MTS”ning bosh hissadoriga Rossiyadan chiqish huquqini beruvchi pasportini qaytarib berishdi


Rossiya Tergov qo‘mitasi “MTS”ning bosh hissadori hisoblangan “Sistema” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Vladimir Yevtushenkovdan so‘nggi cheklovni olib tashladi.
“TASS”ning “Kommersant’” gazetasiga asoslanib yozishicha, tadbirkorga xorijga chiqish huquqini beruvchi pasportini qaytarib berishgan va endi u Yangi yilni xorijda kutib olishi ham mumkin.
Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, “Bashneft” kompaniyasi aksiyalarini o‘zlashtirish va pul yuvish ishini olib borayotgan tergovchi 16 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan tintuv davomida Yevtushenkovdan olib qo‘yilgan shaxsiy buyumlar va hujjatlarni qaytarib bergan.
Hujjatlar orasida Yevtushenkovning chet elga chiqish huquqini beruvchi pasporti ham bo‘lib, tergovchi bu hujjatni “Yevtushenkov jinoiy javobgarlikdan qochib, Rossiyadan chiqib ketishining haqiqiy imkoniyati borligi” sabab olib qo‘ygandi.
Shunga qaramay, jinoiy ishda Yevtushenkovning maqomi o‘zgarmay qolgan. U hali ham “pul yuvishni tashkil qilish” moddasi bo‘yicha ayblanmoqda. Tergovchilarning fikricha, Yevtushenkov “Bashneft”ni o‘zlashtirgan Boshqirdistonning sobiq prezidenti o‘g‘li O‘rol Rahimovdan kompaniya aksiyalarini past narxda sotib olgan.
Ma’lumot uchun, 16 sentyabrdan beri uy qamog‘ida saqlangan Yevtushenkov 17 dekabr kuni ozodlikka chiqarilgan edi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevtushenkovga nisbatan ulguri surilgan jinoiy daromadlarni qonuniylashtirish bo‘yicha ayblar isbotlanmaganini ma’lum qilgandi.
Manba: Kun.uz

























Izohlar 0
…