Joriy yilning iyun oyida nooziq-ovqat mahsulotlar narxlarining 0,8 foizga qimmatlashishi umumiy iste’mol narxlari indeksi (INI)ning 0,3 foiz darajada oshishiga olib keldi.
Avtomobillar uchun yoqilg‘i hamda qurilish materiallaridan tashqari ushbu guruhning asosiy turdagi mahsulotlari narxlari orasida sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmadi.
2018 yilning iyun oyida asosiy turdagi nooziq-ovqat mahsulotlari guruhlarining iste’mol narxlari indeksi
(o‘tgan oyga nisbatan, %)
Aholi uchun avtomobillarga gaz to‘ldirish shahobchalari orqali sotilayotgan propan narxining qimmatlashishi asosiy turdagi nooziq-ovqat mahsulotlar guruhi indeksining ko‘tarilishida asosiy ta’sir omili sifatida qayd etilgan.
Respublika bo‘yicha oy davomida ushbu mahsulotning narxi o‘rtacha 63,3 foizga qimmatlashdi. Mamlakatning ba’zi hududlarida uning narxi 2 barobar va undan yuqori darajada ham qimmatlashgan (Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari shular jumlasidandir). Birjadagi kotirovka narxlari hamda yoqilg‘i-moylash materiallari bozorida shakllanayotgan holatlar propan narxlari darajasining sezilarli darajada qimmatlashishiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi.
Qurilish materiallari narxlari oy davomida o‘rtacha 1,5 foizga qimmatlashdi. Sement va gulqog‘ozning narxi guruh tarkibidagi boshqa mahsulotlarga nisbatan birmuncha sezilarli darajada qimmatlashdi. Bu haqida Davlat statistika Qo‘mitasi ma’lum qildi.
2018 yilning iyun oyida asosiy turdagi qurilish materiallari guruhlarining iste’mol narxlari indeksi
(o‘tgan oyga nisbatan, %)
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi