Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda ishtirok etganlarning aksariyati sentyabr oyining oxiriga qadar O‘zbekistonda dollar kursi 7600-7800 so‘m darajasida bo‘lishiga ishonmoqda. Bu Markaziy bankning «O‘zbekiston Respublikasi aholisi va korxonalarining inflyatsion kutilmalari» hisobotida aytiladi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Yanvar-iyun oylarida o‘tkazilgan so‘rovda 750ta jismoniy va 300ta yuridik shaxs qatnashdi.
So‘rov natijalariga ko‘ra, «7600-7800 so‘m» variantini eng ko‘p jismoniy shaxslar (30 foiz) va yuridik shaxslar (40 foiz) tanlagan. Biroz kamroq respondentlar «7800 - 8000 so‘m» variantini tanladi - mos ravishda ularning soni 29% va 38% bo‘ldi.
Dollar kursi 8000 so‘mdan ortiq bo‘lishini jismoniy shaxslarning 15% va yuridik shaxslarning 10%i taxmin qilmoqda.
To‘rtinchi chorakning oxiriga kelib (dekabr oyi oxiri), dollar kursi bo‘yicha kutilmalar bir-biriga o‘xshash bo‘ldi - jismoniy shaxslarning 29 foizi va yuridik shaxslarning 32 foizi yil oxirida dollar 7,6 ming so‘mdan past bo‘lishiga ishonmoqda. Bu eng yuqori ko‘rsatkichdir.
So‘ralganlarning biroz kamrog‘i «7600 - 7800 so‘m» variantini tanladi - mos ravishda 23% va 31%.
Sentyabr oyidagidek bo‘lgani kabi, yil oxiriga borib, dollar 8000 so‘mdan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lishiga unchalik ishonishmayapti - jismoniy shaxslarning atigi 19 foizi va yuridik shaxslarning 13 foizi shunday tanlovni amalga oshirgan.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi