17:06 / 29.07.2018
4 024

Amerikaliklar bizga «ikkinchi non»​ni yetishtirishda yordam bermoqchi

Amerikaliklar bizga «ikkinchi non»​ni yetishtirishda yordam bermoqchi
AQShning CETS kompaniyasi bosh direktori Janina Patrik boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekistonda yuqori sifatli kartoshka urug‘ini yetishtirish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha taklif bildirdi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmatiga tayanib Kun nashri xabar bermoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 15-18 may kunlari AQShga qilgan rasmiy tashrifi chog‘ida Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Amerikaning CETS kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangandi. Memorandumda ko‘zda tutilgan hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishi maqsadida CETS kompaniyasi bosh direktori Janina Patrik boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

«Biz taklif etayotgan texnologiyaning afzallik tomoni shundaki, u ortiqcha shart-sharoit talab qilmaydi. Maxsus fototronlarda yetishtiriladigan kartoshka urug‘lari serhosilligi bilan ajralib turadi. Biz yurtingizga bir kunga kelganimiz yo‘q. Bugun texnologiyamiz sotib, shu bilan qaytib ketish niyatida emas. O‘zbekiston bilan uzoq hamkorlik qilishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz», - deydi kompaniya bosh direktori Janina Patrik xonim.

Shuningdek, uchrashuvda mehmonlar bilan kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha ayrim masalalar muhokama qilingan.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi Investitsiyalarni jalb etish va ularni monitoringgini yuritish boshqarmasi boshlig‘i Abdumalik Namozov «ikkinchi non»​ hisoblangan kartoshka urug‘i ayni paytda ko‘p miqdorda xorijdan import qilinayotgani, bu boradagi samarali hamkorlik O‘zbekistonni kartoshka urug‘iga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishi yo‘lida tashlangan qadam bo‘lishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Diniy erkinliklarni ilgari surish masalalariga bag‘ishlangan vazirlar konferensiyasida ishtirok etish uchun Vashington shahriga kelgan O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi AQSh Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Trent Kelli bilan uchrashgani haqida xabar berilgandi.

Kongressmen O‘zbekiston va AQSh, jumladan o‘zi saylangan Missisipi shtati o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashishga tayyorligini bildirgandi.​



arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Amerikaliklar bizga «ikkinchi non»​ni yetishtirishda yordam bermoqchi