AQShning Amazon kompaniyasi vakillari mamlakatimizga tashrif buyurdi. Ular Artel zavodi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda korxona o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qildi.
Mazkur tashrifdan maqsad O‘zbekistonda yanada qulay IT ekotizimlarini yaratish hamda o‘zaro hamkorlik nuqtalari va istiqboldagi loyihalar uchun yo‘nalishlar topishdir.
Amazon mutaxassislari Ahmed Elbaz hamda Veranika Ramanovskaya o‘zbek brendi vakillari bilan uchrashib, ana shu masalalarni muhokama qildi.
Eslatib o‘tamiz, Amazon mahsulot hamda xizmatlarni internet orqali taqdim etuvchi dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi.
Mehmonlar Artel zavodining ishlab chiqarish bazalari va logistika markazi, tadqiqotlar va takomillashtirish markazi hisoblangan R&D bo‘limini ko‘zdan kechirishdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi