07:02 / 13.09.2018
5 131

Minsk traktor zavodi Toshkentda 15 mln dollarlik shartnomalar imzoladi

Minsk traktor zavodi Toshkentda 15 mln dollarlik shartnomalar imzoladi
Minsk traktor zavodi Toshkentdagi Belarus-Oʻzbekiston ishbilarmonlik va mintaqaviy hamkorlik biznes-forumida 15 million dollarlik shartnomalar imzoladi. Bu haqda korxona bosh direktori Fyodor Domotenko jurnalistlarga xabar berdi, deb yozmoqda Kun nashri.

“2019 yilga shartnomalar 15 mln dollardan kam boʻlmagan hajmda imzolandi. Bu ham tayyor mahsulot, ham mashinalar toʻplami, ham ehtiyot qismlari”, - dedi Fyodor Domotenko.

Uning soʻzlariga koʻra, Minsk traktor zavodi vakillari biznes-forumda oʻzbekistonlik sheriklar bilan gusenitsali texnika ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish masalasini ham muhokama qiladilar.

Joriy yilning birinchi yarmida zavod Oʻzbekistonga 1,4 million dollarlik mahsulot yetkazib berdi. Biznes-forum davomida 2,5 million dollarlik shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan - 2018 yilda 50ta texnika yetkazib beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Minsk traktor zavodi Toshkentda 15 mln dollarlik shartnomalar imzoladi