17:43 / 08.10.2018
6 255

Markaziy bank dollarning yangi kursini eʼlon qildi

Markaziy bank dollarning yangi kursini eʼlon qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 9 oktyabrdan boshlab valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy toʻlovlari uchun xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga koʻra, 1 AQSH dollari oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 1,42 soʻmga qimmatlashgan va 1 dollar 8181,08 soʻmga yetgan.

1 yevro 41,71 soʻmga arzonlashib, 9427,06 soʻmni tashkil qildi.

1 Rossiya rubli 3,11 soʻmga arzonlashdi va 1 rubl 122,73 soʻmga teng boʻlib turibdi.

Eslatib oʻtamiz, shu yilning fevralidan buyon pasayib kelgan dollar kursi sentyabr oyidan yana oʻsa boshladi. Bir necha hafta avval kurs keskin qimmatlashgan, kurs bir haftada 176,83 soʻmga oʻsib, 1 dollar 8039 soʻmga yetgandi.

Oʻtgan haftada ham keskin koʻtarilish boʻlgan, 1 AQSH dollari 100,38 soʻmga qimmatlashgan va 1 dollar 8179,66 soʻmga yetgandi.

Maʼlumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy bank dollarning yangi kursini eʼlon qildi