
Moliya vazirligi g‘aznachiligida «Yoqilg‘i energetika sohasidagi islohotlar samaradorlikka erishish uchun sharoit yaratish asosida ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytirish» mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov elektr energiyasi narxi o‘sishi sabablarini izohladi.
«O‘zbekistonda har yili o‘rta hisobda 64 milliard KVT/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Shundan 83 foizi tabiiy gazni ishlatish orqali. Issiqlik elektrostansiyalari va issiqlik elektrotsentrallarida 1 KVT/soat elekt-energiyasining ishlab chiqarish tannarxi 193,2 so‘mni tashkil etadi, sotish narxi esa – 228,6 so‘m, qo‘shilgan qiymat solig‘ini chiqarib tashlaganda 190,5 so‘m. Demak, har bir KVT/soat elektr-energiyasini sotishdan “O‘zbekenergo” AJ 2,7 so‘m zarar ko‘radi», — deb aytgan Qo‘chqorov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar