Moliya vazirligi G‘aznachiligida Moliya vazirligi tizimidagi mas’ul mutaxassislar, jurnalistlar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari – moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov 100 ming so‘mlik kupyura haqida berilgan savolga javob qaytardi.
«Bu masala bilan Markaziy bank shug‘ullanadi. Bir narsani tushuninglar, kupyurani muomalaga chiqarish haqidagi e’lon baribir birdaniga berilmaydi. Uni bosib chiqarish, tayyorlash kerak, prezident tomonidan tasdiqlanadi. Faqatgina shundan so‘ng. Hozir esa, agar men bu haqda qandaydir ma’lumotga ega bo‘lganimda ham, buni aytmagan bo‘lardim. Biroq, ayni damda haqiqatdan ham bilmayman. Bu masala bilan faqat Markaziy bank shug‘ullanadi», - dedi Jamshid Qo‘chqorov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy bank 100 ming so‘mlik kupyuralar chiqishi haqidagi xabarlarni yana bir bor rad etgandi.
Bundan avval Jamshid Qo‘chqorov nonning narxi oshirilmagani, balki erkinlashtirilgani haqida ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Shimoliy koreyaliklarning aql bovar qilmaydigan 7 ta kundalik odati
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Saudiyadagi sammitda Isroil va Hamas o‘rtasida muzokaralarni tiklashga harakat qilinmoqda
Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok o‘yinlari davomida yigitlarda kuchli ishtiyoq sezmadim"
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi