2 958
Endi xorijiy valyutalarni bankomatlar orqali komissiyasiz konvertatsiya qilish mumkin
Umumrespublika yagona protsessing markazi (UYaPM) tomonidan CINEO C4560 modelidagi yangi bankomatlarga UzSard kartalari egalariga xizmat ko‘rsatish dasturiy ta’minot o‘rnatilgan, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘p funksionalli CINEO C4560 bankomatlari jahonning yetakchi Diebold Nixdorf konserni tomonidan yetkazib berilmoqda. Bugungi kunda bunday modeldagi bankomatlarning O‘zbekistonning bir necha banklari xarid qilishgan.
Qayd qilinishicha, CINEO C4560 bankomatining asosiy afzalliklaridan biri pul mablag‘larini konvertatsiya qilishdan iborat, ya’ni endi xorijiy valyutani so‘mga to‘g‘ridan to‘g‘ri bankomat orqali konvertatsiya qilish (ayriboshlash) mumkin. Valyuta kursi muayyan bankomatga xizmat ko‘rsatayotgan bank tomonidan o‘rnatiladi, bu holda karta egasidan komissiya to‘lovi olinmaydi.
Mutaxassislarning qayd etishlaricha, yangi CINEO C4560 bankomatlari bankning butun bir bo‘limi o‘rnini bosishi mumkin, chunki standart funksiyalar bilan bir qatorda ular boshqa bankomatlar taqdim eta olmaydigan qator xizmatlardan foydalanish imkonini beradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi?
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib?
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi