
2019 yilda O‘zbekiston 500 mln AQSh dollari miqdoridagi 5-10 yillik yevroobligatsiyalarni chiqarmoqchi. Bu O‘zbekiston tarixidagi ilk halqaro obligatsiyalar bo‘ladi. Bu haqda Turon24 "Reuters"ga tayanib xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, dollarda ifodalangan obligatsiyalarni chiqarish bilan "JP Morgan", "Deutsche Bank", "Citi" va "Gazprombank" shug‘ullanadi.
“Ular (O‘zbekiston hukumati) investorlar bilan noyabr oxirida uchrashishdi va muhokamalar ijobiy yakunlandi", deydi "Reuters" manbalaridan biri.
Oldinroq "Fitch Ratings" xalqaro reyting agentligi O‘zbekistonga "VV-" kredit reytingini bergan edi.
Oktyabr boshida O‘zbekiston Moliya vazirligi yevroobligatsiyalarni chiqarishning yangi taklifini kiritgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.