O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Unda 2019 yilda to‘lanadigan soliq va majburiy to‘lovlarning miqdori belgilab berildi.
Xususan, 2019 yil uchun yagona soliq to‘lovi stavkalari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlandi.
*) Mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) beruvchi yuridik shaxslar uchun - moliyaviy ijara (lizing) bo‘yicha foizli daromad qiymati
**) Mukofot qiymati (yalpi daromad)
Izoh: Agar chakana savdo sohasidagi soliq to‘lovchi mustaqil yuridik shaxs bo‘lmagan va turli aholi punktlarida joylashgan bir qancha savdo nuqtalariga ega bo‘lsa, u holda, ularning har biri bo‘yicha alohida hisob yuritadi va ushbu aholi punkti uchun ko‘zda tutilgan yagona soliqni to‘laydi.
Yagona soliq to‘lovidan tushgan mablag‘lar quyidagicha taqsimlanadi:
- O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetiga – 46%
- Pensiya fondiga – 46%
- O‘zbekiston Yoshlar ittifoqini rivojlantirish jamg‘armasiga – 4%
- O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga – 4% “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar