01:27 / 29.12.2018
7 504

Yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy belgilangan soliq stavkalari tasdiqlandi

Yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy belgilangan soliq stavkalari tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Unda 2019 yilda to‘lanadigan soliq va majburiy to‘lovlarning miqdori belgilab berildi.
Xususan, 2019 yil uchun yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy belgilangan soliq stavkalari 9-ilovaga asosan tasdiqlandi.
9-ilova

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalari

– uy xo‘jaligida, jumladan dehqon xo‘jaligida yetishtirilgan tirik holdagi hayvonlar (mol, parranda, mo‘ynali va boshqa hayvonlar, baliq va boshqalar) va ularni so‘yish orqali olingan mahsulotlar, xom yoki qayta ishlangan shaklda, sanoatda qayta ishlov berishdan tashqari, chorvachilik, arichilik va o‘simlikshunoslik mahsulotlari, dekorativ bog‘dorchilik mahsulotlaridan tashqari

Soliqdan ozod qilish soliq to‘lovchi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati tomonidan beriladigan belgilangan tartibdagi hujjatni taqdim qilgandan so‘ng amalga oshiriladi.

Izoh:
1. Jismoniy shaxs:

A) bir necha faoliyat turi bilan shug‘ullansa, ularning har biri uchun alohida tarzda soliq to‘laydi
B) ijaraga olingan binoda faoliyat ko‘rsatayotgan yoki ijaraga olingan uskunadan foydalanayotgan tadbirkorlar ijaraga beruvchi haqidagi ma’lumotnomani yashash joyidagi soliq idorasiga taqdim qilishi shart
V) tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydan boshqa yerda amalga oshirsa, soliqni eng yuqori stavka bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tgan joyda to‘laydi
S) I va II guruh nogironlari faoliyat turi va joyidan qat’i nazar, qat’iy belgilangan soliqni eng kam ish haqining 50% miqdorida to‘laydilar

2. Jismoniy shaxslarning mulkni ijaraga berishdan olgan daromadlari jismoniy shaxslarning daromad solig‘iga tortiladi (12%)

3. Bolalar o‘yin avtomatlari bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslar qat’iy belgilangan soliqni har bir avtomat (birlik) uchun alohida to‘laydilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy belgilangan soliq stavkalari tasdiqlandi