16:02 / 14.01.2019
4 463

YaITning eng kam miqdori bekor qilindi

YaITning eng kam miqdori bekor qilindi
Prezidentning 26.12.2018 yildagi PQ-4086-son qarorining 3-bandiga muvofiq 2019 yilning 1 yanvaridan yagona ijtimoiy to‘lovning eng kam miqdori bekor qilindi.

YaITning eng kam miqdori tushumlarni to‘liq ta’minlash maqsadida 2009 yilning 1 yanvaridan joriy etilgan edi (29.12.2008 yildagi PQ-1024-son qarorning 7-bandi). U har bir xodim uchun EKIHning 0,5 baravaridan 1 baravarigachani tashkil etgan (MV va DSQning 13.04.2010 yildagi 2095-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan qarori).

2019 yildan byudjetga faqatgina soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalar – asosan 12 va 25 foizdan kelib chiqib hisoblangan YaIT to‘lanadi (PQ-4086-son qarorga 8-ilova).

YaIT hisob-kitoblarni taqdim etish muddatidan kechiktirmay to‘lanadi (SKning 310-moddasi). Ya’ni – hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda amalga oshiriladi.

Shu bilan birga 26.12.2018 yildagi PQ-4086-son qarorning 6-bandida ish haqini olishda yoki uni plastik kartalarga o‘tkazish paytida YaIT hamda JShDS bo‘yicha to‘lov hujjatlarini taqdim etish lozimligi nazarda tutilgan.

Soliq yukining, shu jumladan, YaIT miqdorining kamaytirilishi munosabati bilan bo‘shaydigan mablag‘larni xodimlar ish haqini oshirishga yo‘naltirish tavsiya etiladi (PQ-4086-son qarorga 7-ilova).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » YaITning eng kam miqdori bekor qilindi