Markaziy bank 2018 yilda ichki valyuta bozori to‘g‘risida ma’lumot berdi. 2018 yilda ichki valyuta bozorida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan xorijiy valyutani sotib olish va sotish operatsiyalari hajmi, shuningdek valyuta bozorida ishtirokchilar soni oshganligi kuzatildi. Shu bilan birga, hisobot yili davomida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning yashirin valyuta bozoridan rasmiy valyuta bozoriga o‘tishini o‘zida aks etdi.
Xorijiy valyutaga bo‘lgan talab
2018 yilda yuridik shaxslar tomonidan sotib olingan jami valyuta hajmi 10,4 mlrd. dollarni tashkil etgan bo‘lib, avvalgi yilga nisbatan ushbu ko‘rsatkich 1,5 barobar oshdi.
Shu bilan birga, 2018 yil mobaynida ichki valyuta bozorida xorijiy valyutani xarid qiluvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar soni 2,3 marotabaga oshgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich yanvar oyida 2,2 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, yil yakuni bo‘yicha ularning soni 5,1 mingtaga yetdi.
Xorijiy valyutaning taklifi
2018 yil mobaynida xorijiy valyuta taklifining asosiy manbalari bo‘lib xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning eksportidan tushgan mablag‘lar hamda xorijiy davlatlardan kelib tushgan pul o‘tkazmalari hisoblanadi.
Eksportdan kelib tushgan valyuta mablag‘larining banklarga sotilgan hajmi 2 baravar ko‘payib, 4,1 mlrd. dollarni tashkil etdi (2017 yilda 2,1 mlrd. dollar). Natijada, eksportdan kelib tushgan mablag‘larning banklarga sotilgan hajmi 31% dan 61% ga ko‘paydi.
2018 yilda aholi tomonidan tijorat banklariga 2,7 mlrd. dollar sotilgan bo‘lib, o‘z navbatida ushbu mablag‘lardan 969 mln.dollar banklar tomonidan aholiga sotilgan, qolgan 1,7 mlrd. dollari yuridik shaxslarning ehtiyojini qondirish uchun sarflandi.
2018 yil yakuniga kelib sof oltin-valyuta zahiralarining hajmi 26,4 mlrd. dollarni tashkil etdi.
Kurs siyosati
2018 yilda Markaziy bankning kurs siyosati ichki valyuta bozoridagi talab va taklifning o‘zaro nisbati asosida shakllanib, valyuta bozorida taklif oshib talab pasaygan davrda almashuv kursining mustahkamlanishi va, aksincha, talab oshib taklif pasaygan hollarda uning pasayishi kuzatildi.
2018 yil mobaynida milliy valyuta kursi xorijiy valyutaga bo‘lgan talab va taklif shakllanishiga ta’sir etuvchi mavsumiy omillar asosida o‘zgarib keldi.
Natijada, 2018 yil oxiriga kelib milliy valyutaning almashuv kursi yil boshiga nisbatan 2,7 foizga (8 120 so‘mdan 8 339 so‘mgacha) pasayib, yil mobaynida kursning minimal va maksimal miqdori o‘rtasida o‘zgarishi 7,3 foizni (avgust oyida – 7 781 so‘m, dekabr oyida – 8 348 so‘m) tashkil etdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?