
Oʻzbekistonda milliy valyutaning denominatsiyasini (pul qiymatini oʻzgartirish - tah.) oʻtkazish vazifasi qoʻyilmayapti. Bu haqda respublika Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmurotov seshanba kuni maʼlum qildi, deya xabar beradi Kun.uz nashri.
Uning soʻzlariga koʻra, bu jarayonga juda ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak, sababi “nozik masaladir”. Biroq, texnik jihatdan uni amalga oshirish qiyin ish emas.
“Pul qiymatini oʻzgartirish odatda makroiqtisodiy vaziyatni, birinchi navbatda - inflyatsiyani barqarorlashtirish mumkin boʻlganda amalga oshiriladi. Denominatsiya - texnik masala, uni oʻtkazish juda oson. Xuddi Belarusda boʻlgani kabi ogʻriqsiz amalga oshirsa ham boʻladi. Biz hozircha oldimizga bunday maqsadni qoʻymayapmiz. Mavjud kupyuralar qulay va aholining naqd puldan foydalanish boʻyicha talablariga javob beradi”, - dedi Nurmurotov.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 2019 yilning 25 fevraldan boshlab qiymati 100 000 soʻm boʻlgan banknot koʻrinishidagi yangi pul belgisi muomalaga chiqarildi. Qiymati 100 000 soʻm boʻlgan banknotning mavzusi (tematikasi) buyuk oʻzbek olimi Mirzo Ulugʻbek faoliyati va uning astronomiya fanidagi yutuqlariga bagʻishlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar