4 204
Oʻzbekiston viloyatlarida Rossiyaning ulgurji savdo markazlari ochilishi kutilmoqda
Joriy yilning 6 mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligida, Oʻzbek-Rus qishloq xoʻjaligi boʻyicha ishchi guruhining III yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Kun.uz nashrining xabar berishicha, RF Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Sergey Levin boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvda mamlakatlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish maqsadida, ikki davlatning viloyatlarida Ulgurji savdo markazlarini tashkil etishni taklif etgan.
“Oʻzbekistonda tashkil qilinishi rejalashtirilayotgan markazlarga Rossiyaning «Rosagromarkazi”ni intergatsiya qilishga Rossiya tomoni tayyorgarligini eʼlon qildi. Bu, oʻzbek meva-sabzavot mahsulotlarini bevosita Rossiyaning ulgurji bozorlariga yetkazilishiga imkon yaratadi», — Qishloq xoʻjaligi vazirligi axborotida.
Rossiya tomoni, ikki davlat oʻrtasida mavjud boʻlgan “Yashil yoʻlak”larga yana 4ta oʻtkazish punkt qoʻshilib, ularning umumiy soni 11taga yetganini maʼlum qilgan.
“Endi soddalashtirilgan bojxona rasmiylashtiriluvi Astraxan, Derjinsk, Sankt-Peterburg va Kolomna punktlarida ham qoʻllaniladi”, — deya taʼkidlaydi Oʻzbekiston tomoni.
Maʼlum qilinishicha, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini bojxona rasmiylashtiriluvi jarayonida fitosanitariya nazoratini oʻtkazishni yanada soddalashtirish maqsadida ikki davlatning tartibga soluvchi organlari oʻrtasida elektron axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyishga qaror qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?