AQSHning Epsilon Development LLC kompaniyasi Qashqadaryo viloyatidagi “Tolimarjon” konida gaz qazib olishni boshladi. Xabarlarga koʻra, sutkasiga kutilayotgan koʻk yoqilgʻi hajmi 250 ming kub metrni tashkil etadi.
Amerika kompaniyasi joriy yilning fevral oyida “Tolimarjon” gaz konini oʻzlashtirishga kirishdi. Gaz Oʻzbekiston ichki bozorida sotiladi.
Epsilon Development kompaniyasi Oʻzbekistonda gaz qazib olishga 5,2 milliard dollarlik investitsiya kiritishi kutilmoqda.
Avvalroq, Amerika kompaniyasi Surxondaryo va Fargʻona viloyatlarida sezilarli xarajatlar talab qiladigan hamda oʻzlashtirish qiyin boʻlgan konlarda gaz qazib olishini maʼlum qildi. Kelgusi ikki yil ichida Qoʻshma Shtatlar ushbu hududlardagi gaz konlarini oʻzlashtirishga 2 milliard dollar sarmoya kiritmoqchi.
Maʼlumotlarga koʻra, soʻnggi yillarda mamlakatga 11,8 milliard dollar investitsiya kiritildi, ushbu miqdorning 73% neft va gaz sektoriga yoʻnaltirildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi