Dollar ilk bor 50 rubldan ko‘tarildi

Dollar ilk bor 50 rubldan ko‘tarildi
Dollar ilk bor 50 rubldan ko‘tarildi

28 noyabr kuni Moskva birjasida dollar va yevro yangi rekord o‘rnatdi. Amerika valyutasi 50 rubldan yuqoriga ko‘tarildi. Yevropa valyutasi esa 62 rublga yetdi. Bu neft narxining keskin tushishi oqibatida bo‘ldi. 21:50 da Amerika valyutasi uchun 50,01 rubl berishgan bo‘lsa, yevro uchun esa 62,155 rubl berishgan. So‘ngra biroz pasayish yuzaga kelib 22:17 da dollar kursi 49,9605 rublga, yevro esa 62,201 rublga tenglashgan. Kursning bu qadar tez o‘zgarishiga neft narxining keskin tushishi sabab bo‘lgan. “Brent” nomli neftning soat 21:59 nisbatan narxi bir barrel uchun 70,02 dollar, “WTI” nomli neftning soat 21:45 ga nisbatan narxi bir barrel uchun 66,06 dollarni tashkil etgan.

Manba: Kun.uz

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar