Fitch Ratings O‘zbekistonning xorijiy va milliy valyutadagi uzoq muddatli reytingini «BB-», «Barqaror» prognozi darajasida tasdiqladi. Bu haqda agentlikning matbuot uchun xabarnomasida aytiladi.
Xabarda qayd etilishicha, O‘zbekiston reytinglari ishonchli suveren balans, davlat qarzlarining pastligi va xomashyoga yuqori qaramlik fonida rekord o‘sish, yuqori inflyatsiya hamda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM nuqtai nazaridan tuzilmaviy zaifliklar bilan muvozanatlashgan.
Agentlik iqtisodiyotning haddan tashqari dollarlashganini asosiy muammolardan biri sifatida keltirgan. Xususan, aynan u pul-kredit siyosatining samarasini cheklaydi, sababi dollar depozitlarning 37,4 foizini va kreditlarning 56,5 foizini tashkil qiladi.
Boshqa muammolar - kreditlarni davlat tomonidan moliyalashning bozor stavkalaridan pastligi bo‘yicha yuqori ulush (qoplanmagan kreditlarning 50 foizi) va mahalliy kapital bozorlarining kam rivojlanganligi.
Shundan kelib chiqib, Fitch’ning kutishicha, 2019 yilda inflyatsiya o‘rtacha 15,2 foizni tashkil etadi va 2020 yilda 13,5 foizga sekinlashadi.
O‘zbekiston rahbariyati islohotlar dasturiga qat’iy rioya qilayotganiga qaramasdan, iqtisodiyotning yuqori o‘sish sur’atlari, xususiy investitsiyalar miqdorini oshirish va ish o‘rinlarini yaratish nuqtai nazaridan dasturning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishdagi kechikish, kutilgan ijtimoiy xarajatlar bilan birga, islohotlardan «charchash»ga olib kelishi mumkin, ammo bu ijtimoiy barqarorlikka ta’sir ko‘rsatmaydi, deb hisoblamoqda agentlik. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Global Janub kimniki?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi