Faoliyatning ba’zi turlari uchun imtiyozli asosda kreditlar ajratilmaydi. Bu haqida "Har bir oila – tadbirkor" davlat dasturi ijrosi borasida Xalqaro press klubda bo‘lib o‘tgan muhokamada bayon qilindi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.
Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodovga ko‘ra, quyidagi maqsadlar uchun imtiyozli kredit berilmaydi:
– xizmat avtomobillari ta’minoti, mebel, uyali telefon sotib olish;
– alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;
– savdo-vositachilikni amalga oshirish;
– ishlab chiqarish maqsadlari uchun foydalanilmaydigan shaxsiy mulkni sotib olish;
– umumiy ovqatlanish tashkilotlarining aylanma mablag‘larini shakllantirish;
– aloqa xizmatlariga to‘lov;
– ma’muriy xarajatlarni to‘lash;
– ilgari olingan kreditlarni yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarish.
"Har bir oila – tadbirkor" dasturi doirasidagi kreditlar oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun eng kam ish haqining 150 baravarigacha miqdorda, davlat ro‘yxatidan o‘tgan kichik tadbirkorlik sub’ektlari uchun eng kam ish haqining 1000 baravarigacha miqdorda ajratiladi.
Kreditlar yillik 8 foiz stavkasi asosida 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ajratiladi.
Muhokamada "Har bir oila – tadbirkor" dasturi doirasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanishning ijtimoiy nafaqalarga ta’siri xususida so‘z bordi.
"Albatta, ijtimoiy himoya uchun pul ajratishda oilaning umumiy daromadi hisobga olinadi. Tadbirkorlikdan pul tushishi ijtimoiy nafaqalar miqdoriga ta’sir qilishi ko‘pchilikni o‘ylantirishi mumkin. Masalaning bu jihati ham ko‘rib chiqildi. Shaxsan davlat rahbarining ko‘rsatmalariga asosan, bu dastur doirasida tadbirkorlik qilib, daromad topayotganlarning ijtimoiy himoya to‘lovlari kamaytirilmasligi belgilangan", – dedi Vazirlar Mahkamasi kotibiyati mudiri Akmalxon Ortiqov. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi