Prezidentning «Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasida soliq imtiyozlari o‘rniga to‘lov muddatini kechiktirish taklif etilmoqda. QHTBT portalida 3 iyulga qadar uning muhokamasida ishtirok etishi mumkin. Bu haqda Norma axborot-huquqiy portali xabar qiladi.
Loyihada QQS to‘lovchilarning to‘laqonli zanjirini yaratishga asosiy urg‘u berilgan, bu haqda batafsil bu yerda. Bundan tashqari quyidagilar ham taklif etilgan:
— kalendar yili davomida xizmatlarni realizatsiya qilishdan olgan tushumi 100 mln so‘mdan oshgan, biroq 1 mlrd so‘mdan ko‘p bo‘lmagan telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provayderlariga vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun — xizmat haqi summasidan 25 foizgacha YaST stavkasini oshirish (1.08.2019 yildan). Shu tariqa, agar loyiha o‘zgartirishsiz tasdiqlansa, YaTT ushbu holatda yuridik shaxslar qancha to‘lasa, shuncha to‘laydi, hozir ular uchun 4 foiz YaST stavkasi amal qiladi;
— yuridik shaxslarning tijorat banklariga joylashtirgan mablag‘laridan foiz ko‘rinishida olingan to‘lov manbaini foyda solig‘idan ozod qilish bo‘yicha imtiyozlarni bekor qilish (1.10.2019 yildan).
— hokimliklarning yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va yagona yer solig‘i borasidagi vakolatiga tuzatish kiritish: ular bo‘yicha imtiyozlar berish o‘rniga to‘lov muddatini 24 oygacha muddatga kechiktirish imkoniyatini taqdim etish. To‘lov muddatini kechiktirishni taqdim etishda soliq qarzdorligi bo‘yicha belgilangan penya miqdoridagi foizlar undiriladi.
Soliq kodeksining 171-moddasi ikkinchi qismi 13-bandida nazarda tutilgan imtiyozning amal qilish shartini kiritish, sug‘urtalangan shaxsning hayoti uchun sug‘urta to‘lovlari shartnoma bo‘yicha sug‘urta muddati boshlangan kundan boshlab kamida 12 oydan keyin amalga oshirilgan taqdirda, sug‘urta shartnomasi amal qiladigan har bir yil uchun imtiyoz qo‘llanadi. Shartnoma muddatidan ilgari bekor qilinganda va sug‘urta qilinuvchiga sug‘urta mukofotining bir qismi yoki hammasi qaytarilganda, sug‘urtalovchi to‘lov manbaida JShDSni ushlab qolishi va byudjetga o‘tkazib berishi lozim bo‘ladi;
Tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan asbob-uskunalar va (yoki) butlovchi buyumlar yetkazib berish bo‘yicha import shartnomalari yuzasidan muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun, agarda asbob-uskunalar va (yoki) butlovchi buyumlarni yetkazib berish muddati ularning texnik xususiyatlari va o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda 180 kundan ortiq bo‘lsa, moliyaviy jazo choralari qo‘llamaslik.
Keyingi norma ijodkorligi ishida bojxona imtiyozlarini taqdim etish va ilgari taqdim etilganlarni bekor qilish tartibini qayta ko‘rib chiqishi kerak. Xususan, import qilganda QQSdan imtiyoz o‘rniga 120 kungacha bo‘lgan muddatga shu soliqni to‘lashni kechiktirishni taqdim etish ko‘zlanmoqda. Shuningdek, texnologik asbob-uskunalar uchun bojxona imtiyozlarini berish mexanizmi takomillashtiriladi va optimallashtiriladi.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”