19:06 / 24.06.2019
4 684

O‘zbekistonda yo‘lovchi tashuvchi vagonlar eksportga chiqarilmoqda (foto)

O‘zbekistonda yo‘lovchi tashuvchi vagonlar eksportga chiqarilmoqda (foto)
“Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” aksiyadorlik jamiyati jamoasi xuddi shu tamoyilga amal qilayotgani bu yerda ishlab chiqarayotgan vagonlardan nafaqat respublikamiz temir yo‘l yo‘nalishlarida samarali foydalanilyapti, balki ularga xorijliklar ham katta qiziqish bildirishmoqda. Masalan, zavoddan kuni kecha navbatdagi ikkita vagon qo‘shni Qozog‘istonga jo‘natildi.

Shu o‘rinda mazkur vagonlarga alohida to‘xtalib o‘tish joiz. Chunki u avvalgilaridan bir jihati, ya’ni imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar uchun maxsus kupesi mavjudligi bilan alohida ajralib turadi.

— Ushbu vagon mijozlar talab va istaklariga ko‘ra, o‘zimizning muhandis-konstruktorlarimiz tomonidan loyihalashtirildi, — deydi zavodning bosh konstruktori Abduqodir O‘rolov. — Unda mutaxassislarimiz nogironlar uchun bir qator qulayliklar yaratishga harakat qilishgan. Xususan, vagon va kupening kirish qismi, yo‘laklari kengaytirilgan. Nogironlik aravachasini olib chiqish uchun maxsus ko‘taruvchi moslama bilan jihozlangan.

Kupe ham xuddi shu talablar asosida jihozlangan. Xususan, uning eshik raqami ham ko‘zi ojizlar uchun “brayl” alifbosida tushirilgan. Vagon kuzatuvchisini chaqirish tugmasi, ichki va tashqi haroratni, vaqtni bildiruvchi moslamalar ovozli tarzda ma’lumot beradi.

Qayd etish joizki, yangi vagonning 60 foiz butlovchi qismlari korxonaning o‘zida tayyorlanmoqda. Isitish va sovitish tizimlari, boshqaruv pulti, yuqori va past kuchlanishli maxsus elektr moslamasi, tirkamani shular sirasiga kiritish mumkin.

Endilikda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati xalqaro yo‘nalishlardagi poyezdlarni ham shu kabi jahon standartlariga mos vagonlar bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun aytib o‘tish kerakki, “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” aksiyadorlik jamiyatida bir yilda 350-400 ta vagon ta’mirlanib, 50 ta yangi vagon quriladi va buyurtmachilarga yetkazib beriladi. Bunda korxona sexlarining eng ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangani muhim ahamiyat kasb etyapti, albatta.
Dilshod ULUG‘MURODOV

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda yo‘lovchi tashuvchi vagonlar eksportga chiqarilmoqda (foto)