Qozog‘iston benzin mahsulotini O‘zbekistonga eksport qilish uchun barcha sharoitlar yaratildi, mamlakatga import benzin kirib kelishi esa kelasi haftadan boshlanishi mumkin. Bu haqda Qozog‘iston Energetika vaziri Qanat Bozumbayevga tayanib Kun.uz ma’lum qildi.
«Iyundan buyon benzin eksportini amalga oshirish uchun barcha sharoitni yaratdik, bu amaliyot kelasi haftadan boshlanishi kerak», — deydi vazir.
Qozog‘iston benzinni YevroOsiyo iqtisodiy hamkorligiga a’zo bo‘lmagan davlat — O‘zbekistonga eksport qilmoqchi. Ta’kidlanishicha, qozoq benzini Atirau neftni qayta ishlash zavodidan eksport qilinishi kutilmoqda.
Joriy yil aprelda Qozog‘iston prezidenti Qosim Jomart Toqayev O‘zbekiston bilan energetika sohasidagi hadli bitimni imzolagandi. Unga muvofiq, O‘zbekistonga neftni qayta ishlash zavodlari uchun xom neft yetkazib berish, kuz-qish davrida Qozog‘iston janubini uzluksiz tabiiy gaz bilan ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi gaz-transport tizimining tranzit salohiyatini o‘zaro rivojlantirish va neft-kimyo loyihalarini amalga oshirish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha tajriba almashishga imkoniyat paydo bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi