10:12 / 01.07.2019
2 757

Soliq to‘lovchilar soliq davrlari turlicha bo‘lgan toifalarga bo‘linadi

Soliq to‘lovchilar soliq davrlari turlicha bo‘lgan toifalarga bo‘linadi
O‘zbekiston davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish maqsadida Birlashgan Arab Amirliklarining (BAA) moliyaviy va texnik yordamini jalb etish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar qabul qilindi, deb xabar bermoqda Norma.

BAAga 2019 yil mart oyida amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif yakunlariga ko‘ra davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, uzoq muddatli rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish, davlat organlari faoliyatiga innovatsiyalarni joriy etish, ta’lim hamda kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish, turizm va logistika infratuzilmasini rivojlantirish sohalarida keng ko‘lamli hamkorlik to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi.

Erishilgan kelishuvlar bajarilishi uchun 18 ta sohaga oid ishchi guruhlar tashkil etildi, ular Amirliklar tomoni vakillari bilan doimiy muzokaralar olib boradilar. Ishchi guruhlar rahbarlari vazirlik va idoralar, ilmiy va ta’lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar mutaxassislari, mahalliy hamda xorijiy ekspert va maslahatchilarni ishga jalb qilish huquqiga ega.

Ishlar tasdiqlangan «yo‘l xarita»lariga muvofiq olib boriladi. Xususan, 2030 yilgacha O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasining joriy versiyasini to‘ldirish, Hukumat akseleratorini tashkil etish, davlat organlari samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqish va joriy etish, davlat xizmatlari sohasini takomillashtirish, mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi o‘rnini oshirish bo‘yicha rejalarni ishlab chiqish va h.k. rejalashtirilmoqda.

Alohida yo‘nalish – «soliq ma’muriyatchiligi», uning doirasida 2019–2021 yillarda quyidagilarni amalga oshirish mo‘ljallanmoqda:

• soliq sohasidagi interaktiv servislar va funksiyalarning kengaytirilgan ro‘yxatini o‘z ichiga olgan yangilangan veb-sayt yaratish;
• soliq to‘lovchilarni turli toifalarga bo‘lish va ularning har biri uchun turli soliq davrlarini joriy etish masalasini ishlab chiqish;
• o‘ta yirik biznes bilan o‘zaro munosabatlarni o‘rnatish uchun ixtisoslashtirilgan servis yaratish;
• elektron soliq invoyslarini taqdim etish imkoniyatini kengaytirish va mavjud yechimni to‘liq joriy etish;
• tavakkalchiliklarni tahlil qilish tartib-taomilini avtomatlashtirish;
• xorijiy sayyohlar uchun QQS qoplanishini joriy etish.

Ishchi guruhlar faoliyati, ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi mas’ul hisoblanadi, ular har oyda unga hisobot beradilar.

Hujjat 25.06.2019 yildan kuchga kirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Soliq to‘lovchilar soliq davrlari turlicha bo‘lgan toifalarga bo‘linadi