06:37 / 24.07.2019
3 475

Xitoy O‘zbekistonda mosh yetishtirib, AQSh va Yevropaga sotmoqchi

Xitoy O‘zbekistonda mosh yetishtirib, AQSh va Yevropaga sotmoqchi
Ma’lumki, 12-19 iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasining xorijiy korxonalarni rivojlantirish bo‘yicha Xitoy assotsiatsiyasi (CODA) bosh kotibi Xe Chjenvey boshchiligidagi ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiya yurtimizga tashrif buyurdi. Xe Chjenvey mazkur safar yakunlari haqida “Sinxua” axborot agentligiga intervyu berdi.

U O‘zbekiston “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusining asosiy mamlakatlaridan biri ekanligini e’tirof etdi.

Xe Chjenvey O‘zbekistonga tashrif buyurish tashabbuskori Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh direktori Vladimir Norov ekanligini aytib o‘tdi. “U ushbu yurtda tug‘ilgan va o‘z vatani salohiyati hamda istiqbollarini yaxshi biladi”, - dedi delegatsiya rahbari.

CODA bosh kotibi O‘zbekistonga ushbu davlatning Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi taklifi bo‘yicha kelganini ma’lum qildi. Delegatsiya tarkibidan 25 kishi joy oldi. Ular Xitoydagi yuqori texnologiyalar, quyosh energiyasidan foydalanish, tibbiyot asbob-uskunalari, logistika, qog‘oz ishlab chiqarish, ikkilamchi xom ashyoni qayta ishlash, qurilish kabi sohalarni qamrab olgan qariyb 20 ta kompaniyani taqdim etishdi.

Xe Chjenveyning aytishicha, mazkur tarmoqlar O‘zbekistonning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun zarurdir.

U tashrif dasturi doirasida Samarqand, Buxoro, Andijon va Toshkent viloyatlariga borib, hokimlar, mahalliy ishbilarmonlar bilan uchrashgani, turli korxonalar faoliyati bilan tanishganiga alohida to‘xtalib o‘tgan.

“O‘zbekiston hududlari bo‘ylab safarlar bizda katta taassurot qoldirdi. Ularda hamkorlik uchun imkoniyatlarni muhokama qildik”, - dedi Xe Chjenvey.

Xususan, Samarqand viloyati haqida gapirar ekan, u ushbu zamin o‘zining tarixiy-me’moriy yodgorliklari bilan mashhurligi, turistlar uchun jozibadorligini ta’kidladi. Shuning uchun bu yerda turizm sohasida hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Buxoroda esa to‘qimachilik sanoatida hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqildi, Andijon esa mashinasozlik bo‘yicha qiziqish uyg‘otgan.

CODA bosh kotibi O‘zbekistonning har bir hududi o‘ziga xos jihatlarga ega ekanligi va aloqalarni yo‘lga qo‘yayotganda bular inobatga olinishi lozimligini qayd etdi.

U, shuningdek, O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, hukumatda tashqi iqtisodiy aloqalarga mas’ul bo‘lgan Elyor G‘aniyev bilan muhim uchrashuv haqida ham fikr bildirdi.

“Bugun O‘zbekiston xitoylik investorlar uchun juda qiziq”, - dedi Xe Chjenvey.

Uning fikricha, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri qishloq xo‘jaligidir. O‘zbekiston XXRga ushbu tarmoq mahsulotlari, masalan mosh(soya) eksport qilishi mumkin.

“O‘zbekistonda yaxshi va sifatli mosh borligini bilamiz. Biz hozir O‘zbekistonga asbob-uskunalarni olib kelib, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va AQSh hamda Yevropaga eksport qilish haqida o‘ylayapmiz. Bu O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik uchun yaxshi imkoniyatdir”, - dedi CODA bosh kotibi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Xitoy O‘zbekistonda mosh yetishtirib, AQSh va Yevropaga sotmoqchi