14-avgust kuni oʻtgan yigʻilishda prezident Shavkat Mirziyoyev narxlarning keskin oshib ketishining oldini olish masalasiga alohida eʼtibor qaratgan. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Dastlabki 6 oyda inflyatsiya 5,6 foizni tashkil qilib, prognoz koʻrsatkichlaridan oshmagan. Lekin tariflar va narxlar bosqichma-bosqich bozor mexanizmlariga oʻtayotgani bois mutasaddilarga inflyatsiya oʻsishining oldini olish boʻyicha zarur choralar koʻrish topshirilgan.
Avgust oyi boshida oʻtkazilgan yigʻilishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish masalasi atroflicha muhokama qilinib, bu borada yangi tizim joriy etish belgilangan edi. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tashkil etilib, unga Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, tijorat banklari va sugʻurta kompaniyalari biriktirilgandi.
Yigʻilishda davlat rahbari ushbu yangi tizimni joylarda joriy etish orqali keng aholini tadbirkorlikka jalb qilish, ularning bandligi va daromadini oshirish zarurligini aytgan.
– Oxirgi bir yilda yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoat ulushi 26 foizdan 30 foizga yetgan boʻlsa-da, bu biz boshlagan islohotlar koʻlamiga nisbatan hali yetarli emas, – degan Shavkat Mirziyoyev.
Joriy yil oxiriga qadar Navoiy kon-metallurgiya kombinatida 25 ta, “Oʻzeltexsanoat”da 18 ta, “Oʻzavtosanoat”da 7 ta, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 5 ta investitsiya loyihasi boʻyicha yangi quvvatlar ishga tushirilishini jadallashtirish boʻyicha tavsiyalar berilgan.
Joriy yilning birinchi yarmida mamlakat yalpi ichki mahsuloti 5,8 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 6,9 foiz oʻsgan. Mahalliy byudjetlar ixtiyorida 2,6 trillion soʻmdan ziyod yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobar koʻp mablagʻ qoldirilgan. Byudjet daromadlari qariyb 51 trillion soʻmni yoki prognozga nisbatan 109 foizni tashkil etgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»