23:32 / 12.09.2019
3 234

Zafar Hoshimov QQS stavkasini pasaytirish qanday ta’sirga ega bo‘lishini baholadi

Zafar Hoshimov QQS stavkasini pasaytirish qanday ta’sirga ega bo‘lishini baholadi
«Korzinka.uz» tarmog‘ining asoschisi va rahbari Zafar Hoshimov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) stavkasini kamaytirish bo‘yicha topshirig‘iga izoh berdi.

Davlat rahbari Moliya vazirligiga bugungi kunda 20 foizni tashkil etayotgan qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini kamaytirish bo‘yicha aniq asoslangan taklif kiritish vazifasini topshirdi.
Mubolag‘asiz aytish mumkinki, ushbu vazifa yangi Soliq kodeksi loyihasini muhokama qilish jarayonidagi eng muhim voqeadir. Soliq stavkalari, birinchi navbatda, QQS stavkasining soliq to‘lovchilar bazasini parallel ravishda kengaytirish va ushbu soliq bo‘yicha barcha imtiyozlarning bekor qilinishi jarayonida pasaytirilishi yashirin iqtisodiyot sektorining qisqarishiga yordam berib, soliq solishni biznes uchun yanada adolatli qiladi. Bularning barchasi ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va iqtisodiyotning investitsion jozibadorligini oshirishga yordam beradi.

Soliq konsepsiyasi loyihasining dastlabki variantida 12 foizlik QQS stavkasi taklif qilingan. Ushbu stavkaning mantig‘i shundan kelib chiqqanki, faol transchegaraviy savdo mavjud bo‘lgan qo‘shni mamlakatlarning aksariyatida QQS stavkasi aynan shundaydir. Soliq stavkasini ushbu ko‘rsatkichgacha kamaytirish, tadbirkorning fikriga ko‘ra, qo‘shnilar bilan tovarlarga ichki narx shakllanishidagi tafovutni sezilarli darajada kamaytirish, yashirin import oqimining pasayishi, shuning barobarida yashirin bozorning sezilarli darajada qisqarishiga olib keladi.

Ushbu stavka foydasiga shuni keltirish mumkinki, Moliya vazirligi hisobotiga ko‘ra joriy yilda amaldagi QQS stavkasi 20 foizni tashkil etgani holda, soliq yig‘imi 11,5 foizlik darajaga teng bo‘lgan. Qolgan qismi alohida korxonalar va iqtisodiyotning butunboshli sektorlarida QQS to‘lovi bo‘yicha turli imtiyozlar mavjudligi sabab yig‘ilmagan. Hozirda 20 foizlik QQSdan cho‘chiyotgan ko‘plab korxonalar soyadan chiqsa, unda byudjet yig‘imlari sezilarli darajada oshishi kerak. Umid qilamanki, stavkani pasaytirish shunchaki rasmiy qadam emas, balki samarali va asosli jarayonga ega bo‘ladi.

Zafar Hoshimov, «Korzinka.uz» tarmog‘ining asoschisi va rahbari

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Zafar Hoshimov QQS stavkasini pasaytirish qanday ta’sirga ega bo‘lishini baholadi