13:43 / 16.09.2019
6 306

O‘zbekiston paxta va g‘alla bo‘yicha davlat xaridlaridan to‘liq voz kechishni rejalashtiryapti

O‘zbekiston paxta va g‘alla bo‘yicha davlat xaridlaridan to‘liq voz kechishni rejalashtiryapti
O‘zbekistonda intervension jamg‘armani ta’minlashga qaratilgan xaridlardan tashqari paxta va g‘alla bo‘yicha davlat xaridlaridan to‘liq voz kechish mo‘ljallanmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da aytilgan.

Shuningdek, davlat tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish amaliyotidan voz kechish, uni faqatgina paxta va g‘allani yetishtirishda qo‘llash, davlat tomonidan barcha qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish amaliyotidan voz kechish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning alohida toifalari bo‘yicha davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy vositalarini takomillashtirish mo‘ljallangan, bunda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning moliyaviy savodxonligini va moliyaviy soha vakillarining qishloq xo‘jaligi haqida xabardorligini oshirish nazarda tutiladi.

O‘z navbatida, qishloq xo‘jaligida omborxona guvohnomalarini joriy etish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi intensifikatsiya qilishni rag‘batlantiruvchi qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash tizimiga to‘liq o‘tish ham ko‘zda tutilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston paxta va g‘alla bo‘yicha davlat xaridlaridan to‘liq voz kechishni rejalashtiryapti