
2019-yil 19-iyulda davlat hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasida yarim milliard AQSH dollari miqdoridagi Qarz bitimi imzolangan.
Normaʻning yozishicha, qarzni soʻndirish muddati 5 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda – 30 yil. Ajratiladigan qarz Jahon banki ishtirokida “Oʻzbekistonda bozor islohotlarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish doirasida respublika byudjeti xarajatlarini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi.
Moliya vazirligi loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish, XTTB tomonidan ajratiladigan qarzdan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan masʼul hisoblanadi. Markaziy bank, Davlat statistika qoʻmitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi loyihani amalga oshirish agentlari hisoblanadi.
Qarzni soʻndirish, foizlar, komissiyalar va boshqa toʻlovlar Oʻzbekiston respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjat 14.11.2019-yildan kuchga kirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar