3 146
Oʻzbekistonda 2021-yilda inflyatsiyani 10 foizgacha pasaytirish maqsadi belgilangan
Bugun, 26-noyabr kuni, Markaziy bank va Moliya vazirligi tomonidan Pul-kredit siyosatining 2020-2022-yillar uchun moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari hamda prezidentning 2019-yil 18-noyabrdagi “Inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich oʻtish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi farmonida belgilangan talablarni amaliyotga tatbiq etish boʻyicha matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Unda soʻzga chiqqan Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov inflyatsiya, inflyatsion targetlash, pul-kredit siyosati kabi tushunchalarga batafsil toʻxtalib oʻtdi.
“Inflyatsiya - faqat tovar va xizmatlar narxining oʻsishi hamda aholi daromadlari oʻzgarishini ifodalovchi koʻrsatkich emas. Bu keng maʼnodagi iqtisodiy jarayon. Agar inflyatsiyaga maʼlum bir koʻrsatkich deb qaraydigan boʻlsak, biz uni uzoq muddatda barqaror boshqarish mexanizmiga ega boʻlmaymiz”, - dedi Markaziy bank raisi.
Tadbirda berilgan maʼlumotlarga koʻra, mazkur hujjatni ishlab chiqishda Markaziy bank tomonidan asosiy eʼtibor tarkibiy islohotlarning yangi bosqichiga oʻtish davrida inflyatsion targetlash rejimini faol tatbiq etish orqali pul-kredit siyosati sharoitlarini qaratishga qaratildi. Bunda:
- 2023-yildan inflyatsiyaning 5 foizlik doimiy maqsadli koʻrsatkichi (targeti);
- 2021-yilda inflyatsiyani 10 foizgacha pasaytirish maqsadi belgilangan.
Iqtisodiy rivojlanishning asosiy ssenariysiga koʻra 2020-yilda YAIM hajmining real oʻsishi 5,2-5,5 foizni tashkil etishi, 2021-2022-yillarda 5,5-5,8 foizgacha tezlashishi prognoz qilinmoqda.
Asosiy ssenariy boʻyicha yillik inflyatsiya darajasi 2020-yil oxirida 12-13,5 foiz oraligʻida boʻlib, 2021-yilda bir xonali son darajasiga tushadi va 2023-yilda esa asosiy 5 foizlik targetga erishiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»