12:15 / 14.12.2019
2 910

Soliq yukida bir qator yengilliklar kutilmoqda

Soliq yukida bir qator yengilliklar kutilmoqda
14 dekabr kuni o‘zi ishini boshlagan Senatning 25-yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ma’qullandi.

Mazkur qonunga ko‘ra, soliq yukida bir qator yengilliklar hamda soliq nazoratida soddalashtirishlar kutilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, yangi qonunga asosan, soliq yukini kamaytirish maqsadida qo‘shilgan qiymat solig‘ining manfiy summasini tadbirkorga to‘liqligicha qaytarish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, ilgari tadbirkorlik sub’ektlari yagona soliq, yagona ijtimoiy to‘lovni 25 foiz miqdorida to‘lgan bo‘lsa, endilikda bu 12 foizgacha kamaytiriladi.

Ilgari tadbirkor daromad olish-olmasligidan qat’iy nazar qat’iy belgilangan soliqni to‘lab kelar edi. Endilikda, u o‘zining soliq rejimini mustaqil tanlay oladi. Ya’ni daromadiga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, qat’iy soliqni to‘laydi. Yoki jismoniy shaxs sifatida topgan daromadini deklaratsiya qilib, undan 12 foizli jismoniy shaxslar solig‘ini to‘lashi mumkin bo‘ladi”, − deydi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Behzod Musayev.

Soliq qo‘mitasi raisiga ko‘ra, soliq turlari 13tadan 9taga kamaytirilishi, soliq nazorati turlari esa 13tadan 2taga qisqartirilishi belgilangan.

Soliq kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga muvofiq, tekshirishlar faqatgina tahlika − tahlil prinsipi asosida amalga oshiriladi. Ya’ni soliqdan qochish ehtimoli bo‘lgan tashkilot va soliq to‘lovchilargina tekshiriladi. Yashil zonadagi soliq to‘lovchilar tekshirilmaydi. Sariq zonadagilar faqatgina kameral, distansion nazorat qilinadi. O‘z faoliyatini yashirayotgan, hisobot topshirmayotgan, tushumlarini berkitayotgan tashkilotlar − qizil zonada bo‘lganlargina nazorat qilinadi”, − deydi Behzod Musayev.

Musayevga ko‘ra, hozirda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchi yuridik shaxslar 89 ming nafarni tashkil etib, “qizil zonadagilar” ming nafardan ortmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Soliq yukida bir qator yengilliklar kutilmoqda